Nima qilamiz
Bir bosishda boshlanadigan o‘yinlar yaratamiz: 3D shahar va dengiz janglari, real vaqtda ko‘p o‘yinchili .io o‘yinlar, shaxmat va shashka, sudoku, so‘z va blok boshqotirmalari, biznes va strategiya. Hammasi telefon va kompyuter brauzerida ishlaydi, o‘rnatish kerak emas.
Qoidalarimiz
- Hamma o‘yin bepul, hech narsa pulga sotilmaydi, pullik ustunlik yo‘q.
- Qimor yo‘q: karta, zar, tikish, omad g‘ildiragi va sovg‘a qutisi qo‘shilmaydi.
- Adolatli o‘yin: hamma uchun bir xil qoidalar. Kompyuter o‘yinchilari doim BOT deb belgilanadi.
- Ro‘yxatdan o‘tish shart emas: ism yozasiz yoki avtomatik ism bilan o‘ynaysiz.
Tillar
Sayt ingliz, rus va o‘zbek tillarida. Ko‘p o‘yinlar uchala tilda ishlaydi, ayrim eski o‘yinlarning ichi hozircha o‘zbekcha.
Mualliflik
Ba’zi 3D modellar va shriftlar ochiq litsenziyalar asosida ishlatiladi, mualliflari o‘yin ichidagi «Mualliflar» bo‘limida ko‘rsatilgan.