Avtodrom jarima ballari

Qaysi xato necha ball va qaysi xato imtihonni darhol to‘xtatadi — B toifa (avtomobil) va A toifa (mototsikl) uchun to‘liq jadval. Simulyatorda har xato shu jadval bo‘yicha hisoblanadi.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Avtodrom jarima ballari

Baholash tartibi

  • 100 ball — qo‘pol xato: imtihon shu zahoti to‘xtaydi.
  • Qolgan xatolar qo‘shib boriladi: jami 99 ball yoki undan kam — topshirildi.
  • Vaqt: B toifa — 25 daqiqa, A toifa — 10 daqiqa.

B toifa (avtomobil) — 26 band

BallXato
100G'ildirak avtodrom yo'lidan chiqib ketdi
100Svetoforning qizil ishorasida o'tish
100Yo'lda turgan piyodaga yo'l bermaslik
100Temir yo'l kesishmasi oldida to'xtamaslik
100Belgilangan marshrutdan chetga chiqish
100Imtihon vaqti (25 daqiqa) tugadi
25Estakadada 0,3 m dan ko'proq orqaga ketish
25Chegara chizig'ini (to'siqni) bosish
25Mashq to'liq bajarilmadi
25Mashqdan tashqari joyda orqaga harakatlanish
25Avariya ishorasidan keyin 10 m ichida to'xtamaslik
20Piyodalar o'tish joyi oldida to'xtamaslik
20To'xtash chizig'ini bosib to'xtash
20Piyodalar o'tish joyida to'xtash
20Svetoforning sariq ishorasida o'tish
20Mashqni belgilangan vaqtda bajarmaslik
20Tezlashish bo'lagida 30 km/soat ga yetmaslik
20To'xtagach 2 soniya ichida avariya chiroqlarini yoqmaslik
20Finish hududidan o'tib ketish
10To'xtash chizig'iga yetmasdan (2 m dan uzoqda) to'xtash
10Buyruqdan keyin 30 soniya ichida harakatni boshlamaslik
10Estakadada 30 soniya ichida harakatni boshlamaslik
10Belgilangan tezlikdan oshish
5Xavfsizlik kamari taqilmagan holda harakatlanish
5Burilish ko'rsatkichini yoqmaslik
5Qo'l tormozi tortilgan holda harakatlanish

A toifa (mototsikl) — 14 band

BallXato
100G'ildirak yo'lakdan (chiziqdan) chiqib ketdi
100Dvigatel o'chib qoldi
100Mashq bajarilmadi
100Imtihon vaqti (10 daqiqa) tugadi
20Chegara chizig'ini bosish
20Oyoqni yerga qo'yish (muvozanatni yo'qotish)
20Sekin yurish yo'lagidan 8 soniyadan tez o'tish
20STOP zonasida to'xtamaslik
20STOP chizig'idan o'tib to'xtash
20Tezlanish yo'lagida 20 km/soat ga yetmaslik
20Shlemsiz harakatlanish
20Finishdan keyin maydonchadan chiqib ketish
1030 soniya ichida harakatni boshlamaslik
10Burilish ko'rsatkichini yoqmaslik

Eng ko‘p uchraydigan xatolar

  1. Chegara chizig‘ini bosish (25) — ilon izi, boks, parkovka va 90° burilishlarda.
  2. To‘xtash chizig‘ini bosib to‘xtash (20) va undan 2 m uzoqda to‘xtash (10).
  3. Ko‘rsatkichni unutish (5) — har burilish va to‘xtashda.
  4. Estakadada orqaga ketish (25) — qo‘l tormozidan foydalaning.
  5. Sariq chiroqda o‘tish (20) — sariq yonganda to‘xtang.

Ballar — simulyatorda qo‘llaniladigan jadval; rasmiy imtihonda baholash IIV me’yoriy hujjatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Nechta xato qilish mumkin?

Xatolar soni emas, ballar yig‘indisi muhim: masalan, uchta 25 ballik va bitta 20 ballik xato (95) — hali topshirildi, lekin yana bitta 5 ballik xato (100) — o‘tmadi.

Jarimalar simulyatorda qanday ko‘rinadi?

Har xato ekranning o‘ng tomonidagi «Jarima» hisoblagichiga darhol qo‘shiladi va sababi yoziladi; mashq rejimida imtihon to‘xtamaydi.

Yana qarang