Poyga trassalari
| Trassa | Tavsif | |
|---|---|---|
| 1 | Halqa | O‘rmon · asfalt |
| 2 | Oval | Cho‘l · keng, juda tez |
| 3 | Ilon izi | Muz · tor, sirpanchiq |
| 4 | Sakkizlik | Tungi shahar · drift |
| 5 | Magistral | Katta · uzun tekis yo‘llar |
| 6 | Tog‘ yo‘li | Tuproq · tor, tepalik |
| 7 | Avtoban | 6 polosa · 30 m keng, ravon burilishlar |
| 8 | Dovon | Tog‘dan tushish · 54 m balandlik |
Rejimlar: Poyga, Jang (3 daqiqa, qurollar), Vaqtga qarshi, Drift ochkolari. Aylana: 1–5, botlar: 0–6 (Oson / O‘rta / Qiyin), ob-havo: ochiq, yomg‘ir, tuman, tun. Chempionat — ketma-ket 3 trassa, ochkolar jadvali.
Toshkent marshrutlari
Butun shahar OpenStreetMap’dan: haqiqiy ko‘chalar, binolar, ko‘priklar va metro. Marshrutlar sayr xonasida ham, poyga xonasida ham ochiladi.
Toshkent markaziAmir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni, Sayilgoh · 5,3 km halqa
Eski shaharChorsu, Ko‘kaldosh, Hazrati Imom · 6,5 km
ChilonzorBunyodkor stadioni, Chilonzor dahalari · 10,8 km
YunusobodYunusobod dahalari, Minor masjidi · 12,4 km
Katta halqaYashnobod, Mirobod, Chilonzor orqali · 16,8 km
Avtodrom (Rest)Yangihayot imtihon maydoni · 13 mashq · 20 km/soatRekordlar va ochkolar
Har trassada eng tez 5 ta poyga va eng tez aylana saqlanadi. Poygada o‘rin uchun ochkolar: 10, 8, 6, 5, 4, 3, 2, 1. G‘alabalar va poygalar soni o‘yinchi reytingida ko‘rinadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Botlar bilan yakka o‘ynasa bo‘ladimi?
Ha — xonada botlar sonini (0–6) va darajasini tanlang. Server bo‘lmasa ham yakka rejim ishlaydi.
Qurollar nima?
Jang rejimida trassadagi sovg‘alardan qurol olinadi — raqiblarni sekinlatish uchun. Oddiy poygada qurol yo‘q.

Avtodrom mashqlariB toifa imtihoni