Bu qanday biznes o‘yini?
Savdo Shahri — ko‘p o‘yinchili tycoon: siz O‘zbekiston shahrining bozorida do‘kon egasisiz. Shaharda metro, maydonlar va bekatlar bor, odamlar o‘sha yerdan chiqib, yaqin atrofdagi do‘konlardan birini tanlaydi. Qaysi do‘konga borishi uchta narsaga bog‘liq: yaqinligi, jozibadorligi (reklama) va navbatning uzunligi.
15 ta mahsulot bor — non, somsa, muzqaymoq, ichimliklar, shashlik, kofe, lavash, pitsa, tovuq, burger, kartoshka fri, hot-dog, osh, lag‘mon, manti. Arzonlari (non 4 000 so‘m) tez tayyorlanadi va hajm bilan pul qiladi, qimmatlari (pitsa 60 000 so‘m) sekin, lekin har sotuv katta. Ikki zona: qishloq (joy 250 ming – 1,5 mln, soliq 5 %) va shahar (10–40 mln, soliq 12 %, odam oqimi ~3 baravar ko‘p).
O‘yin davomida nima qilasiz
- Do‘konni jihozlaysiz: 4 tagacha uskuna, 4 tagacha kassa, vitrina, tezlik va reklama darajalari.
- Xodim yollaysiz — kassir (6 000 so‘m/daq), tashuvchi (5 000), ofitsiant (7 000), farrosh, qo‘riqchi, buxgalter, menejer. Har biri maosh oladi — ko‘p yollasangiz foyda yo‘qoladi.
- Ovqatlanish zali ochasiz: stol qo‘ysangiz mijozlar o‘tirib yeydi va 1,5 baravar to‘laydi.
- Ikkinchi, uchinchi do‘kon sotib olasiz (har keyingisi 22 % qimmatroq), xodimlarni ikki do‘kon o‘rtasida taqsimlaysiz.
- Raqiblar bilan savdolashasiz: boshqa o‘yinchining do‘koniga narx taklif qilasiz, o‘zingiznikini sotuvga qo‘yasiz.
- Pulni o‘g‘ridan asraysiz — egasi yo‘qligida kassa uyumini o‘g‘ri olib qochadi, qo‘riqchi yoki menejer himoya qiladi.
Qanday boshlanadi
- «O‘ynash» tugmasini bosing, ismingizni yozing — ro‘yxatdan o‘tish, parol, yuklab olish yo‘q.
- Birinchi do‘kon bepul beriladi (qishloqdagi eng arzon bo‘sh joy). Mahsulot tanlang — non eng oson boshlanish.
- Avval o‘zingiz soting: tovarni uskunadan peshtaxtaga tashing, kassada turing. Pul yig‘ilgach kassir va tashuvchi yollang.
Boshqa biznes o‘yinlaridan farqi
- Hammasi bepul, pullik «tezlatish» yo‘q — g‘alaba faqat strategiya bilan.
- Yuklab olinmaydi — telefon yoki kompyuter brauzerida ochiladi, 10 soniyada o‘yindasiz.
- Real vaqt va real odamlar: ochiq bozorlarda boshqa o‘yinchilar bilan bitta shaharda, yopiq xonada — faqat do‘stlar bilan.
- Cheksiz «Katta shahar» xonasida do‘konlaringiz saqlanadi — ertaga qaytib davom etasiz (oflayn do‘kon 24 soat turadi).
Savdo Shahri haqida mavzular
Ko‘p so‘raladigan savollar
Biznes o‘yini bepulmi?
Ha, to‘liq bepul va ro‘yxatdan o‘tmasdan. Sayt reklama hisobiga ishlaydi, o‘yin ichida sotib olinadigan narsa yo‘q.
Haqiqiy pul ishlab bo‘ladimi?
Yo‘q. O‘yindagi so‘m virtual, hech qanday to‘lov yoki yechib olish yo‘q. Bu strategiya va biznes simulyatori.
Necha kishi birga o‘ynaydi?
Ochiq bozorlarda — hamma kirganlar bitta shaharda; o‘z xonangizda do‘stlaringiz va 0–6 ta bot. Raund 10, 20, 30 daqiqa yoki cheksiz.

Do‘kon ochish o‘yini — o‘z magaziningizdo‘kon tuzilishi, jihozlar, kengaytirish