Iqtisod
Hamma narsa kristallga quriladi. Yig‘uvchi (50) kristall konidan omborga tashiydi — konga yaqin ombor qurish yo‘lni qisqartiradi. Oyin boshida 2–3 yig‘uvchi oling, keyin kazarma va minora bilan bazani himoya qiling.
Binolar
| Bino | Narx | HP | Vazifasi |
|---|---|---|---|
| 🏛 Shtab | 0 | 1800 | Asosiy bino. Yig'uvchilar tayyorlaydi |
| 📦 Ombor | 150 | 500 | Kristall topshirish nuqtasi (konlar yonida quring) |
| ⛺ Kazarma | 200 | 700 | Askar va raketachilar tayyorlaydi |
| 🏭 Zavod | 400 | 1000 | Tank, Zenit va Artilleriya ishlab chiqaradi |
| 🗼 Minora | 250 | 550 | Mudofaa minorasi (yer va havo nishonlariga otadi) |
| 🛫 Aerodrom | 500 | 900 | Vertolyot va samolyot ishlab chiqaradi |
| 📡 Radar | 300 | 600 | Uzoqni ko'radi. Sun'iy yo'ldosh skaneri butun xaritadagi tumanni vaqtincha ochadi |
| ☢ Yadro shaxtasi | 1500 | 1400 | Yadro raketasi. Qurilgandan keyin tayyor bo'lishi uchun vaqt kerak. Portlash hamma narsani yo'q qiladi — o'zingiznikini ham! |
Shtab — bazaning yuragi, u yo‘q bo‘lsa o‘yin tugaydi. Radar tuman (fog of war) ni ochadi, yadro shaxtasi (1500) — eng kuchli qurol, lekin qimmat va sekin.
Qo‘shinlar
| Qo‘shin | Narx | HP | Tezlik | Masofa | Zarba | Tavsif |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 🚚 Yig'uvchi | 50 | 90 | 75 | — | — | Kristall yig'adi va bazaga olib keladi |
| 🪖 Askar | 60 | 80 | 62 | 120 | 9 | Piyodalarga qarshi yaxshi |
| 🚀 Raketachi | 110 | 70 | 55 | 170 | 32 | Texnika, bino va havo nishonlariga qarshi |
| 🛡 Tank | 250 | 340 | 80 | 160 | 38 | Universal jangovar texnika |
| 🎯 Zenit | 300 | 260 | 76 | 260 | 14 | Havoga qarshi tank: vertolyot va samolyotlarni tez urib tushiradi |
| 💥 Artilleriya | 350 | 160 | 48 | 340 | 70 | Uzoqdan otadi, portlash hududi katta |
| 🚁 Vertolyot | 450 | 240 | 115 | 190 | 20 | Uchadi, binolar ustidan o'tadi, havo va yer nishonlariga raketa otadi |
| ✈ Samolyot | 600 | 180 | 270 | 50 | 110 | Tez bombardimonchi: nishonga bomba tashlab, Aerodromga qaytib qayta qurollanadi |
Askar arzon va ko‘p, raketachi tanklarga qarshi, zenit — vertolyot va samolyotga. Artilleriya uzoqdan uradi, lekin yaqin jangda ojiz. Havo qo‘shini (aerodrom kerak) tez, lekin zenitdan qo‘rqadi.
Rejimlar va jamoalar
- Yakka o‘yin: 5 tagacha kompyuterga qarshi, 3 daraja — Oson, O‘rta, Qiyin (kompyuter daromadi va to‘lqinlari farq qiladi; Qiyinda yadro ham ishlatadi).
- Onlayn: 4 raqamli xona kodi bilan 6 kishigacha. Jamoa tartibi: hamma hammaga qarshi, 2 jamoa, 3 jamoa.
- Boshqaruv: sichqoncha bilan tanlash va buyruq (o‘ng tugma — yurish/hujum), telefonda — bosish va sudrash; raqamli guruhlar.
Maslahatlar
- Birinchi 2 daqiqa — iqtisod: yig‘uvchilar va ombor, keyin kazarma.
- Aralash qo‘shin: askar + raketachi + zenit — hech qaysi dushman turi ustun kelmaydi.
- Radar quring — dushman qayerdan kelayotganini ko‘rasiz.
- Dushman yig‘uvchilarini uring — kristallsiz baza o‘ladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Qum Front telefonda ishlaydimi?
Ha — brauzerda, bosish va sudrash bilan; kompyuterda sichqoncha va klaviatura qulayroq.
Nechta xarita bor?
6 ta: Qum Tepalar, Vohalar, Tog' Dovoni, Olti Yulduz, Tuz Ko'li, Katta Sahro — kichikdan juda kattagacha, 4–6 o‘yinchi.

Xaritalar6 ta xarita