Mashqlar tartibi
| Mashq | Nima tekshiriladi | |
|---|---|---|
| 1 | Harakatni boshlash (Start) | kamar, chap ko‘rsatkich, 30 soniya ichida harakatni boshlash |
| 2 | Piyodalar o‘tish joyi | to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtash, piyodaga yo‘l berish |
| 3 | Estakada (qiyalikda to‘xtash va yurish) | qiyalikda (16 %) to‘xtash, orqaga 0,3 m dan ko‘p ketmaslik |
| 4 | 90° burilishlar | chap yo‘ldan tor yo‘lakka, ikki o‘tkir burilish |
| 5 | Tartibga solingan chorraha | svetofor |
| 6 | Ilon izi | pastdan kirib, tepadan chiqish; chiziqlarni bosmaslik |
| 7 | Tartibga solingan chorraha | svetofor |
| 8 | Boksga kirish (tor joyda qayrilish) | yon boksga to‘liq kirish, orqaga yurib qayrilish |
| 9 | Tartibga solingan chorraha | aylanib qaytib chapga burilish; chap ko‘rsatkich |
| 10 | Temir yo‘l kesishmasi | STOP chizig‘i oldida to‘liq to‘xtash |
| 11 | Tezlashish bo‘lagi | kamida 30 km/soat (ruxsat 40 km/soat) |
| 12 | Avariya holatda to‘xtash | signaldan keyin 10 m ichida to‘xtash, 2 soniyada avariya chiroqlari |
| 13 | Parallel parkovka (orqaga yurib) | orqaga yurib cho‘ntakka to‘liq kirish, ko‘rsatkichlar |
| 14 | Tartibga solingan chorraha | o‘ng ko‘rsatkich, svetofor |
| 15 | Harakatni yakunlash (Finish) | FINISH dan keyin to‘xtash, P + qo‘l tormozi |
Imtihon qoidalari
- Tezlik chegarasi — 20 km/soat (+5 km/soat o‘lchov xatosi), tezlashish bo‘lagida 40 km/soat.
- Umumiy vaqt — 25 daqiqa; ayrim mashqlarga alohida vaqt (estakada 2 daqiqa, boks va parkovka 3 daqiqa).
- 100 ball — qo‘pol xato, imtihon darhol to‘xtaydi. Jami ball 99 dan oshmasa — topshirildi.
- Doim tekshiriladi: chegara chizig‘ini bosish, yo‘ldan chiqish, tezlik, qo‘l tormozida yurish, mashqdan tashqarida orqaga yurish, chorrahada noto‘g‘ri burilish.
Har bir mashq batafsil
1. Harakatni boshlash (Start)Kamarni taqing (B), dvigatelni yoqing (K), D uzatma (F), chap ko'rsatkich (Q), qo'l tormoz…
2. Piyodalar o‘tish joyiTo'xtash chizig'i oldida to'xtang, piyoda o'tib bo'lgach davom eting.…
3. Estakada (qiyalikda to‘xtash va yurish)Qiyalikda to'xtash chizig'iga yetmasdan to'xtang (2 m ichida), so'ng orqaga 0,3 m dan ko'p…
4. 90° burilishlarChap yo'ldan sharqqa — tor yo'lakka buriling (Q). Kulrang yo'lakdagi ikki to'g'ri burchakl…
5, 7, 9, 14. Tartibga solingan chorrahaSvetoforga amal qiling. Chorrahadan 4 marta o‘tiladi: ikki marta to‘g‘riga, bir marta chap…
6. Ilon iziJanubga yurib o'ngga — ilon izi oldidagi maydonga buriling, egri yo'lakka pastdan kiring. …
8. Boksga kirish (tor joyda qayrilish)7-belgida o'ngga (E) — tor yo'lakka buriling (pasti berk). Yon tomondagi sariq chiziqli bo…
10. Temir yo‘l kesishmasiChapga — chap yo'lga buriling. «STOP» chizig'i oldida to'liq to'xtang, so'ng kesishmadan o…
11. Tezlashish bo‘lagiSariq chiziqlar orasida tezlikni kamida 30 km/soat gacha oshiring (bu yerda 40 km/soat gac…
12. Avariya holatda to‘xtashO'ng yo'lga burilib shimolga yuring. Qizil signal yonishi bilan darhol to'xtang (10 m ichi…
13. Parallel parkovka (orqaga yurib)Chapga — g'arbga buriling. O'ng ko'rsatkichni (E) yoqing, sariq chiziqli joydan o'tib to'x…
15. Harakatni yakunlash (Finish)To'g'riga yurib o'ngga buriling. FINISH chizig'idan o'tib to'xtang: o'ng ko'rsatkich (E), …Boshqaruv (simulyator)
| Tugma | Vazifa |
|---|---|
| W / ↑ | gaz (Shift — sekin) |
| S / ↓ | tormoz |
| A D / ← → | rul |
| Space | qo‘l tormozi |
| B | xavfsizlik kamari |
| K | dvigatel (kalit) |
| P R N F | uzatma P / R / N / D |
| Q / E | chap / o‘ng ko‘rsatkich |
| H | avariya chiroqlari |
| C | kamera |
| X | orqaga qarash (bosib turing) |
| M, Esc | xarita, menyu |
Telefonda — ekrandagi tugmalar. Kamera: orqadan, haydovchi ko‘zi, yuqoridan.
Manbalar
- lex.uz — mashqlar ro‘yxati, IIV vazirining 27-son buyrug‘i (18.01.2024)
- Toshkent imtihon markazi tartibi (yim.uz)
Simulyator rasmiy imtihonning o‘rnini bosmaydi; ballar simulyatorda qo‘llaniladigan jadval.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Imtihondan necha ball bilan o‘tiladi?
Jami 99 ball yoki undan kam — topshirildi. Bitta 100 ballik xato (yo‘ldan chiqish, qizil chiroq, piyodaga yo‘l bermaslik, temir yo‘lda to‘xtamaslik, marshrutdan chetga chiqish, vaqt tugashi) — darhol o‘tmadi.
Simulyator haqiqiy avtodromga mosmi?
Xarita O‘zbekiston avtodromi sxemasi bo‘yicha qurilgan (~160 × 82 m): yo‘llar, orollar, zebra, T shaklidagi maydonchalar, parkovka cho‘ntaklari va belgilar o‘z joyida. Mashina — Chevrolet Cobalt, avtomat uzatma.
Telefonda o‘ynasa bo‘ladimi?
Ha — brauzerda, yuklab olmasdan; boshqaruv ekrandagi tugmalar bilan.

A toifa — mototsikl mashqlari12 mashq
Haydash o‘yinlariGameUZB