Qanday ochiladi
- Hudud sahifasida «Do‘st bilan» tugmasini bosing: siz uchun alohida xona ochiladi.
- «Havolani yuborish» tugmasi: telefonda ulashish oynasi, kompyuterda Telegram va nusxalash.
- Do‘stingiz havolani ochib «O‘ynash»ni bosadi va shu xaritaga tushadi. Yana 22 kishini chaqirish mumkin.
O‘yin paytida ham chaqirish mumkin: chap yuqoridagi odamchalar belgisi yoki o‘lim ekranidagi «Do‘stni chaqirish». Ochiq xonada o‘ynayotgan bo‘lsangiz, havola o‘sha xonaga olib keladi.
Yopiq xona nimasi bilan yaxshi
- Tasodifiy o‘yinchilar kirmaydi: faqat havolasi borlar.
- Odam kam bo‘lsa, xaritani botlar jonli tutadi (BOT belgisi bilan), do‘stlaringiz kelgan sari ular chiqib ketadi.
- Hisob va reyting bir xil: yopiq xonadagi natijalar ham server tomonidan hisoblanadi.
- Hamma chiqqach xona o‘chadi; havola endi ishlamaydi va uni ochgan kishi umumiy xonaga tushadi.
Do‘stlar bilan qiziqarli o‘yin usullari
- 3 daqiqa poygasi: kim uch daqiqada eng katta foizga yetadi. Reytingdagi foiz hammaga ko‘rinadi.
- Ovchi va qochoq: biri faqat hudud oladi, ikkinchisi uni ovlaydi, keyin almashasiz.
- Ittifoq: ikkalangiz yirik botni o‘rtaga olasiz va yerini bo‘lishasiz. Faqat bir-biringizning izingizni kesmang.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Do‘stim boshqa shaharda bo‘lsa?
Farqi yo‘q: internet bo‘lsa bas. Har kim kechikishini o‘zi sezmaydi, chunki bosh brauzerda oldindan hisoblanadi.
Telefon va kompyuter birga o‘ynay oladimi?
Ha. Ko‘rinadigan maydon hajmi ham ekrandan qat’i nazar deyarli bir xil, shuning uchun katta monitor ustunlik bermaydi.
Xona to‘lsa-chi?
Xonada 24 o‘rin bor, kerak bo‘lsa bot joy bo‘shatadi. 24 odam to‘lsa, keyingi kishi boshqa xonaga tushadi va bu haqda xabar oladi.

Hudud onlayno‘yin haqida qisqacha
Qoidalariz, halqa, boshma-bosh, devor
Maslahatlarqancha katta halqa xavfsiz
.io o‘yinlarijanr nima va nimasi yaxshi
Do‘stlar bilan o‘yinlarGameUZB