Qanday ishlaydi
- So‘z hamma o‘yinchi uchun bir xil, shuning uchun natijani do‘stlar bilan solishtirish mumkin.
- Yangi so‘z Toshkent vaqti bilan yarim tunda chiqadi. Natija oynasida keyingi so‘zgacha qolgan vaqt ko‘rinadi.
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida kunlik so‘z bor. Bir kunda uchtasini ham o‘ynash mumkin.
- So‘z ro‘yxat tugamaguncha takrorlanmaydi va ertangi so‘z brauzerga umuman yuborilmaydi: uni oldindan bilib bo‘lmaydi.
Seriya
So‘zni ketma-ket kunlar topsangiz seriya o‘sadi. Bir kun o‘tkazib yuborsangiz yoki so‘zni topa olmasangiz, seriya qaytadan boshlanadi. Har til seriyasi alohida. Arxiv o‘yinlari seriyaga ta’sir qilmaydi.
Natijani ulashish
Ulashish tugmasi so‘zni ochmasdan faqat rangli kvadratlar va urinishlar sonini yuboradi, shuning uchun do‘stlaringizning o‘yinini buzmaydi:
⬛🟨⬛⬛⬛
🟩⬛🟨⬛⬛
🟩🟩🟩⬛🟩
🟩🟩🟩🟩🟩
Boshqalar qanday o‘ynadi
So‘zni tugatganingizdan keyin shu kun nechta odam o‘ynagani va qancha foizi topgani ko‘rinadi. Sonlar haqiqiy: faqat o‘sha kuni boshlangan o‘yinlar hisoblanadi, o‘yinchilar juda kam bo‘lsa, bu qator umuman ko‘rsatilmaydi.
Arxiv
O‘tkazib yuborgan kunlarni arxivdan o‘ynang: o‘tgan 30 kunning so‘zlari saqlanadi. Arxiv natijalari kunlik statistikaga kirmaydi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
So‘zni qayta boshlasa bo‘ladimi?
Yo‘q. Urinishlar serverda saqlanadi, sahifani qayta yuklasangiz o‘yin shu joyidan davom etadi.
Internet uzilsa nima bo‘ladi?
Terilgan harflar yo‘qolmaydi. Aloqa qaytgach, «Qayta urinish» tugmasini bosasiz.
Telefon soati noto‘g‘ri bo‘lsa-chi?
Kun server vaqti bilan aniqlanadi, shuning uchun hamma bir xil so‘zni o‘ynaydi.

So‘zdon qoidalariranglar, takror harflar, qattiq rejim
Cheksiz mashqkuniga istalgancha so‘z
Eng yaxshi birinchi so‘zro‘yxatdan hisoblangan sonlar
Maslahatlarkamroq urinishda topish