Chiz va top — onlayn rasm o‘yini

Bu — klassik «rasm chizib top» o‘yini brauzerda: navbatingiz kelganda yashirin so‘zni chizasiz, qolganlar uni pastdagi qatorga yozib topishga shoshiladi. Qancha tez topsangiz, shuncha ko‘p ochko oladi. Telefon va kompyuterda ishlaydi, hech narsa o‘rnatish shart emas.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Chiz va top: kanvasda chizilayotgan mayoq va o‘yinchilarning taxminlari

Uchta usulda o‘ynash

  • Hozir o‘ynash — tilingizga mos ochiq xonaga tushasiz (o‘zbekcha, ruscha yoki inglizcha so‘zlar). Ikkinchi odam kirishi bilan o‘yin 6 soniyada o‘zi boshlanadi; o‘yin ketayotgan bo‘lsa, keyingi taxmindan qo‘shilasiz.
  • Do‘stlar bilan — yopiq xona ochiladi, havolani yuborasiz, 8 kishigacha qo‘shiladi. Raundlar, vaqt, so‘zlar qiyinligi va tilini xona egasi tanlaydi. Batafsil.
  • Rasmni top — yakka rejim: bot-rassom «Rassom» qo‘lda chizilgan 216 ta rasmdan birini chiziqma-chiziq chizadi, siz esa vaqtga qarshi topasiz. 8 ta rasm, oson so‘zlardan qiyinlariga.

Bitta navbat qanday o‘tadi

  1. Chizuvchiga uchta so‘z beriladi: oson, o‘rta va qiyin. Tanlash uchun 15 soniya bor, tanlamasa so‘z o‘zi tanlanadi.
  2. Boshqalar so‘zning harflar sonini ko‘radi: «_ _ _ _». Vaqt o‘tgan sari bir nechta harf ochiladi.
  3. Taxminlar lentada ko‘rinadi. To‘g‘ri javob hech kimga ko‘rsatilmaydi — faqat «Ali topdi» degan yozuv chiqadi, shuning uchun so‘z oshkor bo‘lmaydi.
  4. Hamma topsa yoki vaqt tugasa — so‘z ochiladi va har kim olgan ochko ko‘rsatiladi. Keyin navbat keyingi o‘yinchiga o‘tadi.

Xavfsiz va halol

Boshqalarga ko‘rinadigan yagona matn — taxminlar. Ular uch tilda so‘kinish va haqorat ro‘yxatlari bilan tekshiriladi (harflarni almashtirish, bo‘shliq qo‘yish kabi hiylalar ham hisobga olinadi), havola, telefon raqami va kontaktlar umuman o‘tmaydi. Rasmlar hech qayerda saqlanmaydi va galereya yo‘q. Kimdir yomon narsa chizsa yoki yozsa, ismini bosib shikoyat qiling: bir nechta o‘yinchi shikoyat qilsa, u xonadan chiqariladi. Bot har doim BOT belgisi bilan ko‘rsatiladi va hech qachon taxmin qilmaydi; o‘yinchilar soni — faqat haqiqiy odamlar.

So‘zlar

Har tilda 544 ta so‘z: hayvonlar, ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari, transport, tabiat, kasblar va harakatlar («suzmoq», «aksirmoq»). Hammasi aniq va chizsa bo‘ladigan narsalar; din, siyosat, qurol, spirtli ichimlik va brendlar yo‘q — o‘yin bolalar bilan ham xotirjam o‘ynaladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu Pictionary yoki skribbl.io’mi?

Yo‘q. Ular boshqa kompaniyalarning o‘yinlari va bu saytda yo‘q. Chiz va top — shu janrdagi o‘z o‘yinimiz: o‘z so‘zlari, o‘z rasmlari va qoidalari bilan.

Ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?

Yo‘q. Ism avtomatik beriladi («Sokin Laylak» kabi), xohlasangiz o‘zgartirasiz.

Yolg‘iz bo‘lsam-chi?

Ochiq xonada 15 soniya yolg‘iz qolsangiz, bot rasmlarini topishni taklif qilamiz. Kutishda davom etsangiz, kimdir kirishi bilan signal eshitiladi.

Bepulmi?

Ha. Sotib olinadigan narsa, ichki valyuta va tasodifiy sovg‘alar yo‘q. Ochko faqat mahorat uchun.

Yana qarang

▶ O‘ynash