Chiz va top qoidalari

Qisqasi: navbat bilan chizasiz, qolganlar topadi, tezlik — ochko. Quyida hamma raqamlar aniq ko‘rsatilgan: ular o‘yin serverida qanday ishlasa, shunday.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

So‘z ochilgan lahza: kim qancha ochko oldi

Navbat va raundlar

  • Har raundda har bir o‘yinchi bir marta chizadi — xonaga kirgan tartibda. Odatda 3 raund; do‘stlar xonasida 2–5.
  • So‘z tanlashga 15 soniya, chizishga 80 soniya (do‘stlar xonasida 60–120).
  • Hamma topsa, navbat erta tugaydi. Chizuvchi chiqib ketsa yoki 12 soniya uzilib qolsa — ham.
  • O‘yin davomida kirgan odam darhol taxmin qiladi va shu raundda navbati kelsa chizadi.

Yordam harflari

So‘z uzunligiga qarab chizish vaqtining 40, 60 va 80 foizida bittadan harf ochiladi: 3–4 harfli so‘zda bitta, 5–7 harflida ikkita, 8 va undan uzunida uchta. Hamma harf hech qachon ochilmaydi. O‘zbekcha o‘ va g‘ bitta harf hisoblanadi.

Ochkolar

KimQancha
Topgan odam50 dan 300 gacha: qolgan vaqtga mutanosib (darhol topsangiz ~300, oxirgi soniyada 50)
Chizuvchi60 + 140 × (topganlar ulushi), tezlikka qarab 60–100 %; hech kim topmasa 0
Qiyinliko‘rta so‘z ×1,15, qiyin so‘z ×1,3 (oson ×1)

Bot hech qachon ochko olmaydi va shohsupaga chiqmaydi. Ochkolar faqat serverda hisoblanadi.

Qanday yozilsa to‘g‘ri hisoblanadi

  • Katta-kichik harf, bo‘shliq va chiziqcha farq qilmaydi: «ice-cream» = «ice cream». Ruscha ё va е bir xil.
  • O‘zbekcha o‘ va g‘ ni istalgancha yozish mumkin (o‘, o', oʻ, o`); belgisiz yozilsa ham («qol») — agar boshqa so‘z bilan adashmasa («ot» va «o‘t» kabi).
  • Bir-ikki harf xato bo‘lsa, faqat sizga «juda yaqin» deb aytiladi — boshqalar buni ko‘rmaydi.
  • Xabar ichida so‘zni yashirib yozish («katta mushuk») hisoblanmaydi va boshqalarga ko‘rsatilmaydi. Topganlar faqat bir-biri va chizuvchi bilan gaplasha oladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Chizuvchi harf yozsa-chi?

Bu qoidaga zid. Rasmni hech kim tekshira olmaydi, shuning uchun bunday o‘yinchi haqida shikoyat qiling: bir nechta ovoz bilan u xonadan chiqariladi.

Necha kishi o‘ynay oladi?

2 dan 8 gacha. Do‘stlar xonasida bot-rassomni qo‘shsangiz, ikki kishi ham qiziqarli o‘ynaydi.

Taxminlar tez-tez yozilsa?

Ketma-ket 4 ta tez taxmindan keyin soniyasiga bittadan ko‘p yozib bo‘lmaydi; bir xil xabar takrorlanmaydi.

Yana qarang

▶ O‘ynash