Bozor o‘yini — Markaziy bozorda savdo

Chorsu yoki Olmazordagi kabi: tandir tutuni, navbat, «aka, nechpul?». Savdo Shahrida bozor jonli — odamlar metrodan chiqadi, ertalab non, issiqda muzqaymoq izlaydi, tushlikda o‘tirib yeydi.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Savdo Shahri

Uchta doimiy bozor

  • Markaziy bozor — o‘rta shahar, 20 daqiqalik raund; eng gavjum, yangi o‘yinchilar shu yerdan boshlaydi.
  • Mahalla — kichik shahar, 10 daqiqa; tez raund, sinab ko‘rish uchun.
  • Katta shahar ♾ — cheksiz raund: shahar o‘yinchilar joy olgan sari o‘sadi, holat saqlanadi, oflayn o‘yinchining do‘koni 24 soat turadi. Uzoq muddatli biznes shu yerda quriladi.

Bundan tashqari o‘yinchilar o‘z bozorini yaratadi — ochiq yoki 4 harfli kod bilan yopiq.

Odam oqimi qayerdan keladi

Xaridorlar chiqish nuqtalaridan paydo bo‘ladi: metro (eng ko‘p), maydonlar, bekatlar (kam). Har biri 70 metr ichidagi do‘konlardan birini tanlaydi. Bitta nuqtaning oqimini yonma-yon do‘konlar bo‘lishadi — raqib yoningizga kelsa, mijozlaringiz kamayadi. Joy sotib olayotganda ⭐ 1–5 ko‘rsatkichiga qarang — bu o‘sha joyning oqimi.

To‘liq jihozlangan shahar do‘koni qishloqdagidan taxminan 3 baravar ko‘p xaridor oladi, lekin joy 10–40 mln so‘m va soliq 12 %. Qishloq joyi 250 ming – 1,5 mln, soliq 5 %.

Kunlik yangiliklar va narx

Bozorda har kuni yangilik chiqadi va talabni o‘zgartiradi: ☀️ havo issiq — muzqaymoq va sharbatga talab ×2; 🌅 ertalab — non va kofe ×1,8; 🍽 tushlik vaqti — o‘tirib ovqatlanuvchilar ko‘p. Trenddagi mahsulot sotuvchisi shu kuni ko‘proq pul qiladi.

Narxni 0,7× dan 1,5× gacha o‘zingiz qo‘yasiz: qimmat — xaridor kam, arzon — navbat uzun. Kassa band bo‘lsa, narxni ko‘taring; navbat bo‘sh bo‘lsa — tushiring. 10 daqiqalik kun sikli bor: tong, kun, oqshom, kech — kechasi o‘g‘ri tez-tez keladi.

Qanday boshlanadi

  1. «O‘ynash» tugmasini bosing, ismingizni yozing — ro‘yxatdan o‘tish, parol, yuklab olish yo‘q.
  2. Birinchi do‘kon bepul beriladi (qishloqdagi eng arzon bo‘sh joy). Mahsulot tanlang — non eng oson boshlanish.
  3. Avval o‘zingiz soting: tovarni uskunadan peshtaxtaga tashing, kassada turing. Pul yig‘ilgach kassir va tashuvchi yollang.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bozorga kirish uchun nima kerak?

Faqat ism. Brauzer (Chrome, Safari) va internet — telefon yoki kompyuter. Yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish yo‘q.

Raund tugasa nima bo‘ladi?

Natijalar jadvali chiqadi, shahar boshlang‘ich o‘lchamiga qaytadi va yangi raund boshlanadi. Cheksiz «Katta shahar» tugamaydi — do‘konlar saqlanadi.

Boshqa o‘yinchi do‘konimni tortib oladimi?

Yo‘q. U faqat narx taklif qila oladi; siz 25 soniya ichida rozi bo‘lsangizgina do‘kon o‘tadi. Faqat kassadagi pulni o‘g‘ri olishi mumkin — qo‘riqchi yollang.

Yana qarang

▶ O‘ynash — Savdo Shahri