Do‘kon ochish o‘yini — o‘z magaziningiz

Bitta do‘kon ichida butun biznes bor: orqa devorda uskunalar, peshtaxta, navbatli kassalar, o‘ng tomonda ovqatlanish zali. Hammasini o‘zingiz qurasiz va yangilaysiz.

Bepul · ro‘yxatdan o‘tmasdan · telefon va kompyuterda

Savdo Shahri

Do‘kon qanday ishlaydi

Katta do‘kon 16×15 metr. Chap yarmi — xizmat: orqa devorda 4 tagacha uskuna (tandir, mangal, pech…), oldida peshtaxta, peshtaxta oldida 4 tagacha kassa va har kassaning navbati. O‘ng yarmi — ovqatlanish zali, 6 tagacha stol.

Tovar uskunada pishadi, uni kimdir peshtaxtaga tashishi kerak — boshida o‘zingiz, keyin tashuvchi. Kassada kassir bo‘lmasa, egasi turadi. Vitrina uskuna va peshtaxta sig‘imini 1,75 va 2,5 baravar oshiradi — tashuvchi kamroq yuradi.

Do‘konni kattalashtirish

Hamma narsa 🛠 Yollash menyusidan, istalgan paytda, har keyingisi qimmatroq. Cheklovlar:

Jihoz / xodimEng ko‘piNima beradi
Uskuna4mahsulot tezroq ko‘payadi
Kassa + kassir4yana bitta navbat; kassir o‘zi sotadi
Tashuvchi6uskunadan peshtaxtaga tashiydi
Stol / ofitsiant6 / 3o‘tirib ovqatlanish — narx ×1,5
Tezlik5uskuna 0,7× dan 3,2× gacha tezlashadi
Reklama5jozibadorlik 1× dan 4,8× gacha — ko‘proq odam keladi
Vitrina2sig‘im ×1,75 / ×2,5
Skuter4yetkazib berish, narx ×1,25
Qo‘riqchi / buxgalter / menejer1o‘g‘ridan himoya / soliq ×0,6 / pulni yig‘adi

Batafsil narxlar — xodimlar va jihozlar sahifasida.

Qaysi mahsulotni sotish

Do‘kon bitta mahsulot sotadi. Non 4 000 so‘mdan — tandir sekundiga 3–6 ta chiqaradi, navbat uzun bo‘lmaydi. Pitsa 60 000 so‘m, lekin pech 10 soniyada bittagina pishiradi — faqat shahardagi katta oqimda o‘zini oqlaydi. Keyin almashtirsa bo‘ladi, lekin uskunalar qiymatining 25 % i ketadi, shuning uchun yangi do‘konga boshqa mahsulot tanlagan arzon.

Hamma 8 mahsulotning narxi, tezligi va strategiyasi — mahsulotlar sahifasi.

Qanday boshlanadi

  1. «O‘ynash» tugmasini bosing, ismingizni yozing — ro‘yxatdan o‘tish, parol, yuklab olish yo‘q.
  2. Birinchi do‘kon bepul beriladi (qishloqdagi eng arzon bo‘sh joy). Mahsulot tanlang — non eng oson boshlanish.
  3. Avval o‘zingiz soting: tovarni uskunadan peshtaxtaga tashing, kassada turing. Pul yig‘ilgach kassir va tashuvchi yollang.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Nechta do‘kon ochsa bo‘ladi?

Cheklov yo‘q — pul yetsa bo‘ldi. Har keyingi joy 22 % qimmatroq, ikkinchi do‘kondan boshlab ijara to‘lanadi (joy narxining 0,6 % i har daqiqada).

Do‘konni sotsa bo‘ladimi?

Ha: shaharga — qiymatining 60 % iga darhol, yoki boshqa o‘yinchiga — u 25 soniya ichida taklifingizni qabul qilsa.

Do‘kon o‘lchami nimaga ta’sir qiladi?

Kichik, O‘rta va Katta do‘kon — nechta uskuna, kassa va stol sig‘ishiga. Xona yaratganda boshlang‘ich o‘lcham tanlanadi.

Yana qarang

▶ O‘ynash — Savdo Shahri