Fast-food mahsulotlari
| Mahsulot | Uskuna | Narx | Stolda ×1,5 | Skuter ×1,25 |
|---|---|---|---|---|
| 🍗 tovuq | Fritir | 25 000 | 37 500 | 31 250 |
| 🍔 burger | Plita | 32 000 | 48 000 | 40 000 |
| 🍟 kartoshka fri | Fritir | 14 000 | 21 000 | 17 500 |
| 🌭 hot-dog | Gril | 18 000 | 27 000 | 22 500 |
| 🌯 lavash | Gril | 28 000 | 42 000 | 35 000 |
| 🍕 pitsa | Pech | 60 000 | 90 000 | 75 000 |
Fast-food kechasi trendida (🍔) burger, tovuq, fri va hot-dogga talab ×2; futbol oqshomida (⚽) pitsa va lavash ×2.
Tarmoq strategiyasi
- Kartoshka fri — arzon va tez (2,4 soniyada 2–3 porsiya): birinchi do‘kon, qishloqda ham ishlaydi.
- Tovuq yoki burger — shahar markazida, 2 uskuna va tezlik 3; stolda 37 500 / 48 000 so‘m.
- Hot-dog + 4 skuter — yetkazib berish do‘koni, zal shart emas.
- Hamma do‘kon bitta ko‘chada — xodimlar ikki do‘kon o‘rtasida ishlaydi, menejer pulni yig‘adi.
Qanday boshlanadi
- «O‘ynash» tugmasini bosing, ismingizni yozing — ro‘yxatdan o‘tish, parol, yuklab olish yo‘q.
- Birinchi do‘kon bepul beriladi (qishloqdagi eng arzon bo‘sh joy). Mahsulot tanlang — non eng oson boshlanish.
- Avval o‘zingiz soting: tovarni uskunadan peshtaxtaga tashing, kassada turing. Pul yig‘ilgach kassir va tashuvchi yollang.
Ko‘p so‘raladigan savollar
KFC yoki Evos o‘yinda bormi?
Brendlar o‘yinga homiylik orqali kiradi — logo do‘kon tentida, shior devorda. Brend egasi bo‘lsangiz: «Reklama» sahifasi. O‘yinchi esa shu kabi tarmoqni o‘zi quradi.
Eng foydali fast-food qaysi?
Shaharda stol bilan — burger (48 000) va tovuq (37 500); hajm bilan — fri. Pitsa eng qimmat, lekin pech sekin.
Fritir nima?
Tovuq va kartoshka fri uskunasi: 4 tagacha, har keyingisi qimmat; «Tezlik» yangilanishi uni 3,2× gacha tezlatadi.
Yana qarang
Biznes o‘yini — barcha mavzular12 ta sahifa
Biznes o‘yini onlayn — Savdo Shahrio‘yinning mohiyati va 10 ta mavzu
Do‘kon ochish o‘yini — o‘z magaziningizdo‘kon tuzilishi, jihozlar, kengaytirish
Bozor o‘yini — Markaziy bozorda savdodoimiy bozorlar, odam oqimi, trendlar
Savdo Shahri qo‘llanmasiqoidalar, iqtisod, maslahatlar